Mijozlar uchun web-sayt, admin panel va biznes tizimlarini noldan quraman — g'oyadan ishlab turgan mahsulotgacha.
Paypoq fabrikasining qog'ozdagi ishlab chiqarish yo'li — QR stiker, ishchi ilovasi va egasi uchun jonli panelga aylandi.

Buyurtma sexdan sexga qog'ozda yurardi. Qaysi qop qaysi bosqichda, brak qayerdan chiqdi, kimga qancha haq tegadi — hech kim aniq ayta olmasdi. Oy oxiri hisob-kitob har safar bahsga aylanardi.
Buyurtma avtomatik 200 juftlik qoplarga bo'linadi, har qopga QR stiker chiqadi. Ishchi Android ilovaga PIN bilan kiradi va skanerlaydi — to'qish, tikish, bo'yash, dazmol, qadoq. Egasi web panelda jonli holatni, brakni va ish haqi hisobini ko'radi.
Tizim fabrikada har kuni ishlaydi. Shu asosda ikkinchi fabrika — Mango uchun alohida baza va ilova bilan mustaqil nusxa ko'tarildi.


2012-yildan beri ishlab kelayotgan Toshkent agentligi uchun uch tilli katalog va o'zlari boshqaradigan admin panel.

Sayt og'ir WordPress mavzusida edi: sekin ochilardi, SEO va Google Ads uchun noqulay, har kichik o'zgarish dasturchiga borib taqalardi.
EN / RU / UZ tilidagi sayt: filtrli turlar katalogi, kunma-kun marshrut, jo'nash sanalari, so'rov formasi va blog. Admin panelda turlar, maqolalar va arizalar dasturchisiz boshqariladi.
2 haftada topshirildi. Marketing jamoasi endi yangi turni o'zi qo'shadi.


Arab bozoriga chiqish uchun RTL qo'llab-quvvatlaydigan B2B korporativ sayt va unga o'z CMS'i.

1998-yildan beri ishlayotgan kompaniyaning statik sayti har o'zgarishda dasturchini talab qilardi, arab mijozlari uchun esa umuman moslashmagan edi.
O'zbek, rus, ingliz va arab (RTL) tillaridagi B2B sayt. Mahsulotlar, sahifalar va matn muharriri — hammasi admin paneldan; tarjimalar bir joyda tahrirlanadi.
Kontentni jamoaning o'zi yangilaydi, eksport bo'limi arab tilida ishlaydi.


LEO / Gidrox rasmiy dileri uchun ikki tilli katalog va to'g'ridan-to'g'ri Telegram'ga tushadigan arizalar.

Eski WordPress katalogi yangilanmasdi, saytdan kelgan arizalar pochtada ko'milib yo'qolardi.
Rus va o'zbek tilidagi mahsulot katalogi, narx va xususiyatlar admin paneldan boshqariladi. Har ariza soniyalarda savdo bo'limining Telegram guruhiga tushadi.
Sotuvchi endi arizani ko'rmay qolmaydi — javob vaqti bir necha daqiqaga tushdi.


Dizayndan to'g'ridan-to'g'ri production HTML chiqaradigan yengil sahifa — ortiqcha kod yo'q.

Xorazmdagi inkubatorning eski sahifasi zamonaviy ko'rinmasdi va mentorlar, dasturlar haqida aniq gapirmasdi.
Dizayndan to'g'ridan-to'g'ri production HTML yig'adigan build: rasmlar WebP, shriftlar fayl ichida, freymvork yo'q.
Sahifa bir necha yuz kilobayt — mobil internetda ham darhol ochiladi.


Ko'p kompaniyali SaaS: savdo, ombor, buxgalteriya va logistika bitta oqimda yuradi.

Savdo, ombor, buxgalteriya va logistika alohida Excel fayllari va chatlarda yurardi — buyurtma qayerda qolgani har safar qo'ng'iroq bilan aniqlanardi.
Har kompaniyaga o'z subdomeni va 6 rol: rahbar, sotuvchi, omborchi, buxgalter, logist, haydovchi. Ma'lumotlar bazaning o'zida Row-Level Security bilan ajratilgan — kompaniya boshqasining satrini ko'ra olmaydi.
Mijozga ishlaydigan demo ko'rsatildi, birinchi kompaniyalar ulanmoqda.


Mijozlar, oylik rejalar va vazifalar — rahbar bir ekranda ko'radigan ichki panel.

Agentlik mijozlarni, oylik rejalarni va vazifalarni turli jadval va chatlarda kuzatardi; kim nima qilgani oy oxirida aniqlanardi.
Mijozlar ro'yxati, har oyni alohida ochish, vazifalar kanban'i va rollar bo'yicha ruxsatlar. Bir nechta agentlik ishlata olishi uchun multi-tenant qilib qurildi.
Oylik reja va vazifalar bitta joyda — holatni ko'rish uchun chat titkilash shart emas.









Mijoz loyihalarida takrorlanib qolgan ishlarni mahsulotga aylantiraman. Ta'lim platformalarini ilgari har bir mijozga alohida qurib berardim — endi ular tayyor LMS mavzu va plagin sifatida sotiladi.

Marketing agentliklari uchun SaaS: mijozlar, oylik rejalar, vazifalar va ishbay hisob — har agentlikka o'z manzili
Frappe CRM asosidagi o'quv markaz CRM'i: Facebook lidlari avtomatik tushadi, o'zbekcha voronka va menejerlarga navbat bilan taqsimlash

WordPress uchun LMS mavzu va plagin sotiladigan sayt, o'z litsenziya serveri bilan

Onlayn to'y taklifnomalari: ~20 shablon, har juftlikka o'z subdomeni

WordPress'siz o'quv platformasi, 45 ekranlik dizayn tizimidan

O'quv markazlar uchun SaaS — web panel + o'quvchi ilovasi
Xorazmdanman. Yo'lim no-code'dan boshlangan: WordPress va Tilda'da 150 dan ortiq sayt qildim — korporativ saytlardan onlayn do'kon va ta'lim platformalarigacha. Pullik plaginlar o'rniga o'z plaginlarimni yozdim, amoCRM, Payme va Click ulash odatiy ishga aylandi.
Faqat dasturchi bo'lib qolmadim: Alifbee'da loyiha jamoasini boshqardim, Startup Garage'da No-Code Expert, Wasaf Int Solutions'da COO bo'lib ishladim. Shuning uchun kod yozishdan oldin biznesni o'rganaman — kim nima qiladi, qog'oz qayerda yo'qoladi, pul qayerda sizib chiqadi.
Bugun AI bilan ishlayman: Claude Code va Next.js bilan bir odam jamoaning tezligida quradi. Tez yig'ilgan prototipni ishlab turadigan mahsulotga aylantiraman — baza, rollar, xavfsizlik, server va deploy bilan. Fabrikadagi QR tizimidan arab tilidagi eksport saytigacha.
Bilganlarimni ulashaman — «Tutorials» bo'limida AI va no-code bilan real loyiha qurish bo'yicha darslar chiqadi.
Qo'ng'iroq belgilashKod yozishdan oldin biznes qanday ishlashini tushunaman. Noto'g'ri jarayonni avtomatlashtirish — tartibsizlikni tezlashtirish.
Muddat, narx va muammoni to'g'ridan-to'g'ri aytaman. Yomon xabar ham kechikkan yaxshi xabardan yaxshiroq.
«Deyarli tayyor» emas, ishlab turgan mahsulot: server, domen, admin panel va qanday ishlatish bo'yicha tushuntirish bilan.
Har loyihaga admin panel qo'yaman — matn yoki narx o'zgarishi uchun menga yozish shart bo'lmasin.
Real loyihalarni qanday qurishim haqida amaliy darslar: Next.js, PostgreSQL, deploy va AI bilan dasturlash.
Chiqqan darslar shu yerda paydo bo'ladi. Qaysi mavzu kerakligini Telegram'da yozib qoldiring.
Mavzu taklif qilish